19 Aprel 2022 yil
528
Telefon olib kelib beraman degan firibgar qoʼlga olindi
Qarshi shahar “Navroʼz” MFYda yashovchi M.S. 2022 yil 13 yanvar kuni Qarshi shahar “А.Temur” MFYda yashovchi S.M.ning “Toshkent shahar “Malika” savdo majmuasidan arzon narxlarda “Iphone 13 PRO” rusumli uyali qoʼl telefon apparatlarini olib kelib beraman” degan gapiga ishonib, 45 million soʼm pullarni berib yuboradi.
Oradan shuncha vaqt oʼtsa-da, vaʼdaga vafo boʼlmagach, M.S ichki ishlar boʼlimiga murojaat etgan. Holat yuzasidan Qarshi shahar 4-sonli IIB TB tomonidan S.M.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan