22 Avgust 2022 yil 293

Telefon o‘g‘risi ushlandi

Viloyat IIB 102 tizimiga Yakkabog‘ tumanida yashovchi H.SH dorixonasida qo‘l telefoni va dorixona kassasida turgan 300.000 so‘m pullari yo‘qolganini ma’lum qilgan. Yakkabog‘ tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Qamashi tumani “Yortepa” MFYda yashovchi Ch.B. sodir etganligi aniqlanib, undan 1 dona qo‘l telefoni va 26.000 so‘m pullar tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.

Ayni kezlarda holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegrov harkatlari olib borilmoqda.

Text to speech