12 Avgust 2022 yil
687
Telefon o‘g‘risi ushlandi
Qarshi tumani “Quyi Beshkent” MFYda yashovchi X.O. peshin nomozini o‘qish uchun masjidga kelib, derazaga qo‘l telefonini qo‘yadi. So‘ngra, nomoz o‘qib bo‘lib, qarasa telefoni joyida yo‘q.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Koson tumani “Mullali” MFYda yashovchi Q.I. sodir etganligi aniqlanib, undan 1 dona telefon tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.