20 May 2023 yil 341

Telefon o‘g‘risi topildi

Yakkabogʻ tumani “Darxon” MFYda yashovchi T.M. Shahrisabz shahar “Olchazor Aziya” bozorida joylashgan bankomatdan pul olayotganda, nomaʼlum shaxs qoʻl sumkasidagi “Not 10” rusumli telefon apparatini va 1.150.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.

Shahrisabz shahar IIB xodimlari olib borgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida oʻgʻirlik jinoyatini Shahrisabz tumani “Shamaton” MFYda yashovchi X.Z. sodir etganligi aniqlanib, telefon apparati va bir dona qoʻl sumka hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Text to speech