Telefon egasiga qaytarildi
Joriy yil 14 aprel kuni Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro Xaticha Karimova Shahrisabz shahar Oqsaroy tarixiy markaziga ziyorat va sayohat maqsadida farzandlari bilan tashrif buyuradi.
Sayohat davomida X.Karimova markaz hududida odam tashish bilan shug‘ullanuvchi elektromobilga chiqqanda “Redmi 6” rusumli qo‘l telefonini ehtiyotsizlik oqibatida tushirib qoldiradi.
Shundan so‘ng, fuqaro X.Karimova zudlikda tarixiy markaz hududida xizmat olib borayotgan Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga murojaat qiladi.
Boshqarma xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida telefon topilib, soz holda fuqaro X.Karimovaga topshirildi.
Mahalliy sayyoh X.Karimova boshqarma xodimlarining amaliy yordamidan minnatdorligini, bu esa o‘z navbatida hukumatimiz tomonidan xavfsiz turizmni ta’minlash sohasida olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijasi ekanligini bildirdi.