5 Sentyabr 2021 yil 477

Tegishli ruxsatnomasiz avtomashina oynalarini tusini oʼzgartirib, noqonuniy harakatlanib kelayotgan shovvozlarning harakatlariga chek qoʼyildi

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan tegishli ruхsatnomasiz transport vositasi oynalarining tusini oʼzgartirgan haydovchilarga nisbatan qonuniy chora koʼrish maqsadida reyd tadbirlar oʼtkazilmoqda/


Tekshiruv davomida transport vositasi haydovchisining DYHXXning tegishli ruxsatnomasini olmasdan transport vositasining oynalarini tusini o'zboshimchalik bilan qoraytirib olganligi aniqlangan.
Ushbu haydovchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning belgilangan moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo'yilgan.

Hurmatli haydovchilar!


Oʼylab koʼring!
Oʼzboshimchalik bilan transport vositalarining oylanalari tusini oʼzgartirganlik uchun belgilangan jarima miqdoriga ikki marotaba qonuniy ruxsatnoma olish mumkin.
Ogoh boʼling!

Text to speech