18 Noyabr 2021 yil 971

Teatr – hayot sahnasi


Hayotdan saboq beruvchi sanʼat turlari orasida teatrning alohida oʼrni bor. Insonni mushohada va mulohazaga chorlovchi teatr – hayot sahnasi. Negaki, inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʼrni beqiyos. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Bugun tinchlik va osoyishtalikni koʼz qorachigʼidek asrash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish borasida xizmat qilayotgan viloyat IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining mazmunli va madaniy hordiq chiqarishlari uchun Oʼzbekiston Milliy akademik drama teatri jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Madaniy-maʼrifiy uchrashuvda otaxon teatr aktyorlarining sahna chiqishlari va postanovkalaridan lavhalar namoyish etildi. Hayotiy sanʼat, asl mahorat orqali yaratilgan har bir sahnadagi rolь insonni teran oʼyga choʼmishga majburladi. Eng asosiysi, el ardogʼidagi ulugʼ aktyorlarning samimiy, ochiq suhbati ichki ishlar organlari xodimlarida katta taassurot qoldirib, eʼtirofiga sazovar boʼlishdi.
Uchrashuv yakunida teatrning barcha jonkuyar ijodkorlari boshqarma Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining esdalik va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlanishdi

Text to speech