15 Iyun 2024 yil
1132
TAVSIYANOMA IMKONIYAT, RAG‘BAT DEMAKDIR
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida mamlakatimiz
rahbarining 2019 yil 26 fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va
ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 98 nafar ichki ishlar organlari
xodimlari farzandlariga tavsiyanomalar topshirildi.
Ushbu tavsiyanoma va taqdimnomalar ichki ishlar organlari
xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga
kirishlarida imkoniyat va imtiyozdir. Bu soha vakillarini ijtimoiy himoya qilishning bir ko‘rinishi desak
mubolag‘a emas..