3 Iyun 2022 yil 605

Tartibni buzgan xorijiy korxona rahbariga chora ko‘rildi

      “LT Texteli Internatsional” MCHJ shaklidagi xorijiy korxona Qarshi tumani “Fayzobod” MFYda joylashgan. Korxonada “Pasport-viza” tizimi qoidalariga rioya qilinishi holati yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida, ushbu xorijiy korxonada ishlovchi 1 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosini vaqtinchalik qayd muddati tugagani va o‘z vaqtida Respublika hududidan chiqib ketmasdan hamda vaqtinchalik qayd muddatini uzaytirmasdan, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzib yashab, ishlab kelayotganligi aniqlandi.

     Mazkur holat Qarshi tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, xorijiy korxona rahbari va xorijiy fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,  belgilangan tartibda jarima jazosi qo‘llanildi.

    Mazkur huquqbuzarlik holati Qashqadaryo viloyati IIB MvaFRB hamda Qarshi tumani IIB M va FRB mas’ul xodimlari tomonidan  Qarshi tumanidagi “LT Texteli Internatsional” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan chet el fuqarolari o‘rtasida muhokama qilinib, kelgusida ularni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish, turar-joy tanlash, viza hamda vaqtinchalik qayd muddatini uzaytirish tartiblari va ushbu tartiblarni buzganlik uchun javobgarlik masalalari batafsil tushuntirilib, profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Text to speech