25 Fevral 2024 yil 287

Targ‘ibot tadbirlari

Yurtimizda mustaqillik yillarida barkamol avlod kamoloti va ularni hech qaysi mamlakat yoshlaridan kam bo‘lmasligiga, yoshlar huquq va erkinliklarini ta’minlash va ularning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayni fikrlar Geografiya va agronomiya hamda Xorijiy tillar, Tarix fakultetlarida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – muhim vazifa” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida qayd etildi.

Shuningdek, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, huquqlari va imkoniyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbirlarda universitet profilatika inspektori M.Jabbarov, Falsafa va sotsiologiya kafedrasi dotsentlari A.Shaymanova, T.Qurbonov, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti Z.Boymurodov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari mavzu doirasida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Text to speech