Targ‘ibot tadbirlari samarali kechmoqda
Shahrisabz shahrida joylashgan kasb-hunar
maktabida o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida Qashqadaryo viloyati IIB
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari targ‘ibot uchrashuvi
o‘tkazishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni doirasida yoshlar bilan
ishlash samaradorligini oshirish, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida
jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni sodir etilishiga imkon
berayotgan sharoitlarni bartaraf etish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish borasidagi fikr-mulohazalar aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, yoshlarni chalg‘ituvchi, ularni
o‘z domiga tortishga urinayotgan turli din niqobi ostidagi norasmiy oqimlarning
kirdikorlari, giyohvandlik illatiga qarshi kurashish har birimizning vazifamiz
ekanligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga tadbirda turizm namoyish
obyektlarida madaniyat, ma’naviyat hamda tozalikka rioya qilish, xorijiy
turistlar bilan xushmuomalada bo‘lish, bundan tashqari, hududda o‘z
xatti-harakati bilan shubha
o‘yg‘otadigan shaxslar, yordamga muhtoj mahalliy, xorijiy sayyohlarga duch
kelganda viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining 75- 521-25-05
telefon raqami orqali murojaat qilishlari yoki hududda xizmat olib borayotgan
boshqarma xodimlarini xabardor qilishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi.
Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan
savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.