Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘shma qaroriga ko‘ra, har haftaning
payshanba kuni barcha oliy taʼlim muassasalarida “Talabalar xavfsizligi” kuni
oʻtkazilmoqda.
Ayni
vazifalar ijrosi doirasida 2024-yil 18-aprel kuni Xalqaro innovatsion
universitetida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa”
mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlarda
yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini kasb-hunar
sirlarini o‘rganish bilan band etish,
o‘zlari qiziqqan sohadagi bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali
turli ko‘ngilsizliklarni oldini olish kabi masalalar xususida so‘z bordi.
Tarbiyaviy mazmundagi videolavhalar namoyish etilib, yoshlarni qiziqtirgan
savollarga atroflicha javob berildi.