11 Yanvar 2024 yil 280

Targ‘ibot tadbirlari

Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB mas’ul xodimlari O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi viloyat bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 noyabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 609-son qaroriga asosan shahar-tuman IIBlari ro‘yxatida turuvchi shaxsiy o‘qotar ov qurol egalarini qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etish borasida mas’ullarga tushunchalar berildi. O‘quv mashg‘ulotlarida ovchilarga o‘qotar ov qurollarini saqlash, foydalanish borasida tushunchalar berish lozimligi ta’kidlandi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech