5 Noyabr 2024 yil 1230

Targ‘ibot tadbiri

IIV Qashqadaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘qituvchisi va mustaqil tadqiqotchilari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lami keng tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshqarma prokurori Elbek Eshmurodov va Qarshi shahar prokurorining katta yordamchisi, Akademiya mustaqil izlanuvchisi Muxsinbek Xolmirzayevlar so‘zga chiqib, bu oliygohga o‘qishga qabul qilish tartib va qoidalari, o‘quvchilar uchun akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

Tadbirda litsey o‘quvchilari Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi

Text to speech