3 Fevral 2023 yil 266

Targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

       Kasbi tumani IIBda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  2023 yil 20 yanvar kuni “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV ishchi guruh a’zolari - vazirlik Malaka oshirish instituti boshlig‘i yordamchisi podpolkovnik I.Axmedov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi katta mutaxassisi leytenant K.G‘iyosiddinov hamda Qashqadaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.T.Muslimov, bo‘lim shaxsiy tarkibi va faxriylar kengashi a’zolari  ishtirok etdi.

        Tadbirda so‘zga chiqqanlar qarorda ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisiga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash asosiy maqsad etib belgilangani ta’kidladilar.

       Tadbirda Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangani, unda keltirlgan qoida va talablarga amal qilish xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni hisoblanishi, kodeks talablarini buzgan xodimlarga tizimdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy choralar ko‘rilishi ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.

Joylarda targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Text to speech