22 Iyun 2022 yil 329

Targ‘ibot tadbiri

     Qashqadaryo viloyati hududida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar davomida, Qarshi shaharda joylashgan “MERGAN SPORTING QARSHI” MCHJ  ovchilik savdo do‘koniga faoliyat olib borayotgan xodimlarga, viloyat IIB JXX JTSB hamda viloyat Ekologiya mas’ul xodimlari tomonidan   O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi, fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilganligi yig‘ilish qatnashchilariga yetkazildi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 247, 248, 249-moddalari va Ma’muriy kodeksining 185, 220, 220.1, 221-moddalariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilib o‘qotar bo‘lmagan qurollar (pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari) va o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga hilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari belgilanganligi, 2022 yilning 2 sentabridan va javobgarlik masalalari qismida 2 dekabr kuni kuchga kirishi, qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazish tartibi, qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro‘yxatlari tasdiqlanligi, ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshi 21 dan 25 yoshgacha oshirilganligi, tuzilishi qayta o‘qlamasdan uzluksiz o‘q uzish imkonini beruvchi silliq stvolli yarim avtomatik o‘qotar ov quroli mavqei soyli stvolli qurolga tenglashtirilganligi, barcha turdagi pnevmatik qurolga (og‘iz qismidagi quvvati djoul va kalibridan qat’iy nazar) egalik qilishni faqat ichki ishlar organlarning ruxsatnomasi asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday qurol sonini 3 dona bilan cheklangaligi hamda boshqa o‘zgarishlar tushuntirilib yig‘ilish qatnashchilariga qonun bo‘yicha infografik ma’lumotlar tarqatildi.

Text to speech