21 Dekabr 2021 yil 524

Tarbiyaviy profilaktik haftaligi

Bilim olish va tarbiyalanishning erta kechi boʼlmaydi. Mashoyixlar bejizga beshikdan qabrgacha ilm izla deya taʼkidlashmagan. Bu boradagi ishlar boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlarida ham muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Kitob va Yakkabogʼ tuman IIBlarida “Tarbiyaviy profilaktik haftaligi” doirasida shaxsiy tarkib oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchlikni mustahkamlash maqsadida boshqarma MMI va KBTX va “Faxriylar kengashi” faollari ishtirokida profilaktik yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolariga yechim topish, kezi kelganda huquq va erkinliklarini himoya qilish ichki ishlar organlari xodimlarining muqaddas burchi ekanligini taʼkidlashdi. Qolaversa, turli internet oʼyinlarining salbiy oqibatlari xususida aniq misollar asosida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.
Profilaktik uchrashuvlar doirasida ayrim ichki ishlar organlari xodimlarining xonadoniga tashrif buyurib, oilaviy sharoiti oʼrganilib, ota-onasi, oila aʼzolari bilan suhbatlar oʼtkazishdi.
Bu boradagi ishlar viloyatning shahar-tumanlarida davom etmoqda.

Text to speech