7 Dekabr 2024 yil 713

Taraqqiyot qomusi

Qashqadaryo viloyati IIBda “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, boshqarma faxriylar kengashi a’zolari, Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘qituvchisi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov ochdi.

Tadbirda Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti “Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) Sahodat Murtazova so‘zga chiqib, 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qiluvchi ezgu g‘oya hamda maqsadlarimiz bilan boshlanuvchi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning mustahkam huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilib kelayotganini ta’kidladi. Jumladan, hokimiyatning bo‘linish prinsipi va bir-birini tiyib turish hamda manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasi hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident va Hukumat o‘rtasida vakolatlar qayta taqsimlandi.

Konstitutsiyada O‘zbekistonning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida belgilanganligi davlat nafaqat demokratik tamoyillarga amal qilishi, shu bilan birgalikda, uning xalqni huquqiy va ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish majburiyati mavjud ekanligini ta’kidlandi. Davlat hokimiyati organlari to monidan mazkur sohalarga alohida e’tibor qaratilishiga urg‘u berilib, har bir man sabdor shaxsning jami yat oldidagi mas’uliyatini oshirish lozimligi yana bir bor qayd etildi. Shuningdek, mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik va bolalikni hi moya qilish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida Bosh qomusimizning o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, unda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish choralari ko‘rilyapti. «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ko‘plab tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Nafsilamrini aytganda, har birimiz taraqqiyotimiz va erkin hayotimiz kafo lati bo‘lmish Bosh qomusimizni o‘rganishimiz, targ‘ib qilishimiz lozim. Zero, odamlar o‘z huquq va erkinliklari, burch ham da majburiyatlarini bil gan, ularga amal qilgan va boshqalardan ham rioya etishini talab qila oladigan jamiyatda chin fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi, bunday jamiyat so‘zsiz taraqqiy etadi.

Tadbirda ishtirokchilarga “Siyosiy ma’rifat soati” bo‘yicha videorolik namoyish etildi.

Text to speech