TАNTАNАLI TАDBIR
Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oʼttiz yilligi hamda
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIBda tantanali tadbir boʼlib oʼtdi. Tantanali tadbirda boshqarma sohaviy xizmatlari rahbarlari, shaxsiy tarkib va shahar-tuman ichki ishlar boʼlimlari xodimlari taklif etildi.
Tantanali tadbirni viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhrat Satvoldiev ochib, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining soha vakillariga yoʼllagan bayram tabrigini oʼqib eshittirdi.
Soʼngra, ichki ishlar organlari tizimlarida samarali xizmat qilib, hamkasblariga oʼrnak boʼlayotgan bir guruh viloyat ichki ishlar organlari xodimlariga IIVning yuksak mukofotlari topshirildi. Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrugʼiga binoan bir guruh xodimlar “Аʼlo xizmatlari uchun”, I-II-III-darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʼkrak nishonlari hamda “Faxriy yorliq”, qoʼl soati, pul mukofotlari, ragʼbatlantirish tariqasida navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati