29 Iyul 2022 yil 258

TАNQIDIY VА TАHLILIY YIGʼILISH

 

 Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va uning tarkibiy boʼlimlari masʼul xodimlari tomonidan joriy yilning oʼtgan 6 oyida ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʼrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini taʼminlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishning ahvoliga bagʼishlangan tahliliy yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma boshligʼining oʼrinbosari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati apparati, kasbiy tayyorgarlik boʼlimi, sohaviy xizmatlardagi kadrlar bilan ishlash guruhi, shahar va tuman Ichki ishlar boʼlimi boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirok etdi.

 Yigʼilishni boshqarma boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Olimjon Аbdullaev ochib, joriy yilning oʼtgan davrida viloyatda ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan xizmat, ijrochilik intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash, kasbiy tayyorgarlik yoʼnalishida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etdi.

 Ichki ishlar organlari xodimlarida inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomala boʼlish xislatlarini yanada yuksaltirish, faoliyat davomida tamagirlik va korruptsiya holatlariga murosasiz boʼlish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha rahbarlar oldiga aniq vazifalar qoʼyildi.

 Kengaytirilgan yigʼilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech