4 Oktyabr 2021 yil 678

Tanqidiy va tahliliy yigʼilish


Qashqadaryo viloyati IIBda Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʼrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini taʼminlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti, Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi va boshqarma sohaviy xizmatlari rahbarlari, shahar va tuman IIB boshliqlari va ularning oʼrinbosarlari hamda xodimlari ishtirok etdi. Yigʼilishni boshqarma boshligʼi oʼrinbosari polkovnik H.Bozorov ochdi.
Yigʼilishda oʼtgan davrda viloyatda jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni atroflicha tahlil etildi. Bunda IIO xodimlari xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, yoʼl-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar bilan muomala madaniyati, xizmat kiyimini kiyish, xizmat joyini oʼzboshimchalik bilan tashlab ketmaslik, oʼzgalar avtomashinasini boshqarmaslik kabi holatlarga yoʼl qoʼymaslik ishtirokchilarga uqtirildi. Faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qoʼyilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan masalalar boʼyicha sohaviy xizmatlar rahbarlari masʼuliyati oshirildi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyat davomida inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomala boʼlish kabi jihatlar ham eʼtibordan chetda qolmasligi uqtirildi. Faoliyat davomida taʼmagirlik va korruptsiya holatlarini oldini olish, tizimni bunday nopok xodimlardan tozalash va bu borada bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha rahbarlar oldiga aniq vazifalar qoʼyildi.
Kengaytirilgan yigʼilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Yigʼilishda respublika IIV MMI va KBTD boshligʼi oʼrinbosari polkovnik X.Maxsumov va IIV Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi boshligʼining 1-oʼrinbosari polkovnik Sh.Rafikov ishtirok etdi.

Text to speech