27 May 2020 yil
817
TАNQID VА TАHLIL - KELАJАK POYDEVORI
Qashqadaryo viloyatida profilaktika xizmati tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʼishlangan uchrashuvlar davom etmoqda. Mavzu doirasida yaqinda viloyatning Mirishkor tumani ichki ishlar boʼlimlari profilaktika xizmati tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashishda qonunbuzarlikni barvaqt aniqlab oldini olish va unga qarshi kurashish, kunlik faoliyati, belgilangan xizmat uyida yashashi, tomorqa va kiyinish madaniyati koʼzdan kechirilganda ayrim kamchiliklarga yoʼl qoʼyilgani aniqlandi va tanqid qilindi. Boshqarma rahbariyati tomonidan keng qamrovda oʼrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, masʼul rahbarlar oldiga aniq vazifalar qoʼyildi.