19 Iyul 2023 yil 603

Tanazzul sari yo‘l

Giyohvandlik va narkotik moddalar insoniyatni tanazzul va halokatga yetaklovchi vosita. Lekin shunday bo‘lsa-da, ba’zi shaxslar nafsini qondirish uchun bu yo‘ldan yurishdan tap tortmayapti. Jumladan, DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan 2023 yil 14 iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir og‘ufurushning kirdikorlari fosh etildi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi D.SH. Dehqonobod tumanida nojo‘ya harakati bilan atrofdagilarda shubha uyg‘otadi. Uning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 2 dona rangsiz sellofan paketlarga solingan 176,95 gram opiy giyohvandlik moddasi topildi.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech