23 Mart 2021 yil 553

Tan jarohatlari bilan bogʼliq boʼlgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, Viloyat miqiyosida “Tigʼ” tadbirlari oʼtkazilib kelinmoqda

Tan jarohatlari bilan bogʼliq boʼlgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “Tigʼ” tadbirlari oʼtkazilib, fuqarolarning sogʼligʼi va hayotiga xavf tugʼdiruvchi buyumlarni olib yurgan 165 nafar shaxslarning 148 nafaridan oʼtkir tigʼli pichoq, 2 nafaridan kastet, 3 nafaridan bita (toʼqmoq) va 12 nafaridan boshqa xavfli buyumlar daliliy ashyo sifatida olinib, oʼrnatilgan tartibda tezkor-profilaktik ishlar amalga oshirildi. 

Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʼlgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq (gʼilofsiz) holda olib yurmaslik va ulardan foydalanmaslik toʼgʼrisida oliy taʼlim muassasalari, litseylar, bozor va fuqarolar koʼp toʼplanadigan joylarda targʼibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Shuningdek, 72 nafar fuqarolar koʼcha va jamoat joylarida tilanchilik qilayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi.

Text to speech