20 Fevral 2023 yil 575

Talonchilik jinoyati fosh etildi

Koson tumanida yashovchi B.F. Qarshi shahar, “Geolog” MFY hududidagi istirohat bog‘ida yurganida ikki nafar notanish shaxslar undan “Sicco” rusumli telefon apparatini foydalanish uchun olib, guyoki o‘zlarini telefon orqali gaplashib yurib ketayotgandek ko‘rsatib qochib ketishganligini bildirgan.

Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlariga natijasida ushbu jinoyatni shaharning “Temir yo‘lchi” MFYda yashovchi M.A va G‘.G‘ulom MFYda yashovchi A.T. sodir etganliklari aniqlanib, 1 dona “Sicco” rusumli telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech