TАLONCНI UZOQQА KETOLMАDI
Keyingi paytlarda “telefoningizdan bitta raqam terib bering” deydigan shovvozlar koʼpaydi. Аyni kunning kechki payti yoki odamlar siyrak maskanlarda bu toifa shaxslar koʼpaygani bejizga emas. Jumladan, Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIBga 2020 yil 21 dekabrь kuni shaharning “Qarligʼbogʼot” MFYda yashovchi N.Sh. ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 18 dekabrь kuni soat 18:45larda, oʼzini “Аziz” deb tanishtirgan notanish shaxs yoʼlovchi sifatida uning boshqaruvida boʼlgan “Lasetti” rusumli avtomashinasiga oʼtiradi. Qarshi shahar Paxtazor mittitumanida joylashgan “Kristal” savdo doʼkoni orqasida toʼxtashini aytib, unga oyogʼi ogʼriyotganligini, USB kabel olib chiqishini iltimos qilib, uni avtomashinasidan tushirishga erishadi. Yoʼlovchi qorongʼu vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanib, haydovchining bozor bahosi 1.260.000 soʼmlik “Samsung J5” rusumli telefon apparati, bozor bahosi 1.400.000 soʼmlik “Neoline 7500” rusumli antiradari hamda 468.000 soʼm naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan. Bundan tashqari, “oʼsha yoʼlovchi” oradan ikki kun oʼtib, soat 20:00larda, Qarshi shahar I.Karimov koʼchasida goʼyoki yoʼlovchi sifatida Qarshi shahar “Oydin” MFYda yashovchi Ch.B. boshqaruvida boʼlgan “Spark” rusumli avtomashinaga chiqadi. Haydovchiga muhim ishlari bilan yurganligini, 4-5 joyga olib borishi lozimligini aytib, shaharning Paxtazor mittitumanidagi koʼp qavatli uylar oldiga olib borib, avtomashinadan tushmasdan turib haydovchidan bozor bahosi 3.700.000 soʼmlik telefon apparatini soʼrab goʼyoki telefondan oʼzini foydalanayotgandek qilib koʼrsatib, voqea joyidan qochib yashiringan.
Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB hamda boshqarma PPX va JTSB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatlarni, Qarshi shahar “Bogʼishamol” MFYda yashovchi S.B. sodir etganligini aniqlanib, undan oʼgʼirlik yoʼli bilan qoʼlga kiritilgan narsa va buyumlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.