Ta’limga yo‘naltirilgan sarmoya – eng samarali investitsiya
Qashqadaryo viloyati IIBda “Ta’limga yo‘naltirilgan sarmoya – eng
samarali investitsiya” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar
xodimlari ishtirok etdi. Uni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari,
podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Qarshi davlat universiteti jahon tarixi
kafedrasi o‘qituvchisi falsafa fanlari nomzodi Atxam Panjiyev dunyodagi eng
rivojlangan mamlakatlar ham hozirgi darajagacha yetib kelishida ta’lim tizimiga
yuksak tarzda e’tibor qaratganligi asosiy omil bo‘lgan. O‘zbekistonda ham inson
kapitaliga, ta’limga qaratilayotgan e’tibor ilk natijalarini ko‘rsata boshladi.
Birgina misol, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27
foizdan 70 foizga oshdi. Oliy ta’limda esa qamrov 9 foizdan qariyb 40 foizga
yetayotganini bildirdi.
Mutaxassislarning fikricha, ta’limga kiritilgan
investitsiya birdaniga samara bermaydi. Kamida 5–10 yil kutish lozim. Bu borada
tahliliy ma’lumotlarga tayanilsa, shubhasiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi. YA’ni
bugun O‘zbekistonning rivojlanganlik darajasiga qarab ta’limning qaysi
bo‘g‘iniga sarmoya yo‘naltirilishi lozimligi
Ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda,
Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri
keladi: ta’lim-tarbiya biz uchun hayot-mamot masalasidir. Biz yetuk kadrlarni
tarbiyalamasdan turib ijobiy o‘zgarishlarga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlashda, avvalo,
maktabgacha ta’lim tizimining o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham ushbu tizimni
qayta ko‘rib chiqish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Sohani takomillashtirish
sari ilk qadamlar tashlanmoqda.
Tadbirda boshqarma MMI va KBTX katta inspnktori
kapitan Xamza Niyozov ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va
uni oldini olishga doir qonunlar, qarorlar, Tashkiliy boshqarma MBIG bosh inspektori
mayor Iskandar Rahmonqulov ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaatlar
tahlili, boshqarma TQKB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Begzok Jovliyev hafta
mobaynida dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat to‘g‘risida yig‘ilish
ishtirokchilariga ma’lumot berishdi.
Yakunda navbatdagi maxsus unvonlar o‘z egalariga
tantanali ravishda topshirildi.