25 Fevral 2023 yil 308

“Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, AT Park viloyat filiali xodimlari ishtirok etdi. Uni boshqarma MMI va KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan IT Park viloyat filiali xodimi, Karimov Islom so‘zga chiqib, YUNESKOning ma’lumotiga ko‘ra, pandemiya vaqtida dunyo bo‘yicha 1,7 milliard o‘quvchi an’anaviy o‘qimasdan foydalanilmay turgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga majbur bo‘ldi. Ta’lim muassasalarining aksariyati to‘liq raqamli ta’limga o‘tishdi.

Bugun ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga o‘tgan bo‘lsa-da, axborot texnologiyalari imkoniyatidan keng foydalanish, sohani raqamlashtirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari talabalar va o‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlarini ishga tushirdi. Masalan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maktab va akademik litsey o‘quvchilari, talabalar va AT sohasida bilim olishni xohlovchilar uchun virtual ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Boshqa oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham masofaviy ta’lim platformalari, mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib, onlayn darslar tashkil etilmoqda. Individual foydalanish uchun elektron darsliklar keng joriy etilmoqda.

Hozir respublikamizning eng chekka hududida yashaydigan yoshlar ham uyidan chiqmay turib, birvarakayiga 4–5 ta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi, imtihon natijalarini ham o‘tirgan joyida bilish imkoni bor.

Inson omili kamayib, mamlakatimizda korrupsiya degan illat kamayib, shaffoflik yuzaga keladi. Bularning hammasi ta’lim sohasiga joriy etilayotgan axborot texnologiyalari samarasidir. Jumladan, ichki ishlar organlarida ham bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, VIIB Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i leytenant Naxanov Jasur Inson organizmida Immunitet ko‘tarish yo‘llari to‘g‘risida ma’ruza qildi hamda Tashkiliy boshqarma murojaatlar bilan ishlash guruhi bosh inspektori mayor Iskandar Raxmonqulov viloyat ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaatlarning ijrosi yuzasidan axborotlari tinglandi.

Text to speech