28 Oktyabr 2021 yil 357

Talabani tunagan tumandoshlar


Qarshi shahar IIO FMB ga Koson tumani “Chaqa” MFYda yashovchi, oliygoh talabasi H.А. ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 11 oktyabr kuni soat 11:00larda oʼzi vaqtincha ijarada yashab kelayotgan Qarshi shahar “Choʼlquvar” MFYdagi koʼpqavatli uyda tanishi bilan oʼtirganida notanish shaxslar kirib kelib, ochiqdan-ochiq unga tegishli boʼlgan 1 dona “RedMI 7” rusumli telefoni va 1 dona “Acer” rusumli noutbukini hamda uning talabalik guvohnomasini tortib olib ketganligini bildirgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni, Koson tumanida yashovchi oliygoh talabasi Yu.S. va uning qishloqdoshi Yu.M. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech