1 Mart 2021 yil 447

TАLАBАLАR АMАLIYOTGА KIRISHDI

Аmaliyot – xizmatga yoʼllanma. Shu bois mamlakatimizdagi koʼplab oliy taʼlim muassasalarining talabalari oliygohda olgan nazariy bilimlarini faoliyatda qoʼllab, xizmatga koʼnikma hosil qilish uchun amaliyotga chiqishadi.
Qarshi davlat universiteti psixologiya fakulьteti 3-bosqich talabalari ham nazariy bilimlarini amaliyotda qoʼllash, kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB Probatsiya boʼlimiga keldi. Аmaliyot oʼtashga kelgan talabalarga universitet oʼqituvchilari va Probatsiya boʼlimi xodimlari tomonidan yoʼriqnoma oʼtkazilib, vohaning shahar-tuman IIBlari Probatsiya guruhlariga amaliyot oʼtashga joʼnatildi.
Hozirda talabalar probatsiya guruhi xodimlari bilan nazoratda turgan shaxslarning ruhiy va psixolgoik holatlarni oʼrganib, xizmatda xodimlarga koʼmaklashmoqda.

Text to speech