28 Fevral 2023 yil 274

Talabalar kiberjinoyatlardan ogoh etildi

Qashqadaryo viloyati IIB TQX kiberxavfsizlik bo‘limi va Qarshi shahar IIO FMB xodimlari Qarshi davlat universitetida bank kartalaridan mablag‘lar talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq jinoyatlar usullari va boshqa kiberjinoyatlarni oldini olish mavzusida tadbir o‘tkazishdi.

Yig‘ilishda  bank kartalaridan mablag‘lar olti xil usul – telefon qo‘ng‘iroqlari, telegramm ijtimoiy tarmog‘idagi savdo kanallari, OLX platformasi, moddiy yordam, onlayn kredit, soxta onlayn birja va treyding faoliyati hamda jabrlanuvchiga noma’lum sharoitlarda sodir etilayotgani aytib o‘tildi.

Tadbirda xotin qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish borasida ham tegishli targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Yakunda ishtirokchilari qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Text to speech