19 Aprel 2024 yil 148

Talabalar xavfsizligi kuni

Qarshi Davlat universitetida "Talabalar xavfsizligi kuni" yuzasidan universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov tomonidan Qalqon guruhi a'zolariga ertalabki yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnoma bo‘yicha Qalqon guruhi a'zolari oliygoh darvozasi oldida jamoat tartibini saqlashda yordam berishdi.

Shuningdek, guruh a'zolari tomonidan navbatchilik asosida Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazida universitet hududi videokuzatuv moslamalari orqali nazorat qilinmoqda. Targ‘ibot tadbirlari doirasida Matematika va kompyuter ilmlari hamda Xorijiy tillar fakultetlarida davomat tadbirlari o‘tkazildi.

Text to speech