Talaba qizlar oʼrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish
Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida “Xotin-qizlar oʼrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish” yuzasidan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Institut xotin-qizlari va oʼqituvchilari ishtirok etgan tadbirda Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlimi Xotin-qizlar masalalari boʼyicha katta inspektori podpolkovnik Zamira Rustamova keyingi vaqtlarda xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda bir qator profilaktik ishlar amalga oshirlayotganini taʼkidladi.
Tadbirda xotin-qizlarga bu boradagi huquqbuzarliklar va qonunchilikdagi yangiliklar xususida tegishli tushunchalar hamda mavzu doirasida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.