1 Aprel 2024 yil 390

Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va uning profilaktikasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Oliy taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli Qoʻshma qaror imzolandi. Mazkur Qoʻshma qaror asosida YOʻriqnoma hamda Dastur tasdiqlangan. YOʻriqnomaning 6-bob, 22-bandida, har haftaning payshanba kuni barcha oliy taʼlim muassasalarida “Talabalar xavfsizligi” kuni oʻtkaziladi.

Jumladan, bugun Tarix, Matematika va kompyuter ilmlari, Filologiya, Sport va San’atshunoslik fakultetlarida “Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va va uning profilaktikasi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirlarda universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, guruh murabbiylari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar yoshlar orasida keng tarqalgan huquqbuzarliklarning turli ko‘rinishlari haqida to‘xtalib, barchani ogohlikka chorlashdi va talaba-yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak an’analarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish muhim ekanligini qayd etishdi.

Text to speech