“Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va uning profilaktikasi”
TIQXMMIning
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “Talaba-yoshlar o‘rtasida
huquqbuzarliklarni oldini olish va va uning profilaktikasi” mavzusida tadbir
bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, profilaktika inspektori, tyutorlar va
talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda
so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 2024-yil 25-mart
kuni “Oliy ta’lim muassasalarida
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Qo‘shma qaror imzolandi. Mazkur Qo‘shma qaror asosida Yo‘riqnoma
hamda Dastur tasdiqlanganbo‘lib, uning 6-bob 22-bandida har haftaning payshanba kuni barcha oliy
ta’lim muassasalarida “Talabalar xavfsizligi” kuni o‘tkazilishi belgilanganini
ishtirokchilar e’tiboriga yetkazishdi.
Tadbirda
so‘z olganlar yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning turli
ko‘rinishlari, bunga shart-sharoit yaratayotgan holatlarni atroflicha tahlil
etishdi. Bu kabi salbiy holatlarni oldini olish uchun barcha ogoh va hushyor
bo‘lmog‘i, turli huquqbuzarliklarni oldini olish barchaning dolzarb ishi
ekanligi aytib o‘tildi.
Yakunda talaba-yoshlarning ma’naviy olamini
yuksaltirish, ularda yuksak an’analarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish muhim
ekanligini qayd etishdi.