27 Noyabr 2021 yil 609

Taktik oʼquv mashgʼuloti


Oʼzbekiston Respublikasi IIVning Farmoyishiga asosan respublika ichki ishlar organlari miqyosida eʼlon qilingan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Qorovul qoʼshinlari qoʼmondonligi harbiy xizmatchilarining 2021/22 oʼquv yili rejasiga muvofiq shaxsiy tarkibni jangovar shayligini oshirish, amaliy va nazariy bilimlarini sinovdan oʼtkazish hamda ularda jangovar harakatlarga doir koʼnikmalarni shakllantirish maqsadida Maxsus taktik oʼquv mashgʼuloti oʼtkazilmoqda. Jumladan, yaqinda Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda Qorovul qoʼshinlari qoʼmondonining birinchi oʼrinbosari- shtab boshligʼi polkovnik U.Djabbarov rahbarligida Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda koʼrgazmali Maxsus- taktik oʼquv mashgʼuloti boʼlib oʼtdi. Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jangovar boʼlinmalari bilan hamkorlikda shartli favqulodda holatlar, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, jinoyatlar, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oʼquv mashgʼulotida belgilangan vazifalar aʼlo darajada uddalandi.
Ichki ishlar organlarining harbiy tuzilmalari bilan huquq-tartibot organlarining hamkorligini mustahkamlash, doimiy ravishda axborot almashinuvini taьminlashga qaratilgan maxsus- taktik oʼquv mashgʼulotida oʼz xizmat vazifalarini aьlo darajada bajargan huquq-tartibot organlar va harbiy xizmatchilar qoʼmondonlikning esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Text to speech