18 Iyul 2022 yil 311

Tahliliy va tanqidiy yig‘ilish

Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan  amaldagi yilning olti oyi mobaynida tuman hududida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyat IIB, tuman IIB rahbariyati, tezkor va boshqa sohaviy xizmat vakillari ishtirok etdi.

  Sarhisob yig‘ilishida viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik Jasurbek Atayev joriy yilning o‘tgan davrida tumanda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tanqidiy-tahlil qildi.

    Shuningdek, vazirlik va boshqarma rahbariyatining ko‘rsatma va topshiriqlariga asosan tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish va sodir etilganlarini fosh etish maqsadida «Spitamen», «Oriyat», «Tong», «Qidiruv», «Xavfsiz hudud» maxsus profilaktik tadbirlari hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish maqsadida «Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilgani bois faoliyatda yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yigani aytib o‘tildi.

  Tuman ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyat davomida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi xizmat davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Yig‘ilishda tuman IIB xodimlari tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi belgilanib, rahbarlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Text to speech