15 Iyul 2022 yil 283

Tahliliy va tanqidiy ruhda hisobot  yig‘ilishi

  Koson tuman IIBda amaldagi yilning o‘tgan davrida bo‘lim xodimlari tomonidan amalga oshirgan ishlari yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB va bo‘lim rahbariyati, tarkibiy va sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni tuman IIB boshlig‘i, polkovnik I.Qutlimuratov ochdi.

  Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Aziz Allanazarov so‘zga chiqib, tumanda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni qonunlarga malakalash, fuqarolardan tushgan ariza, shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, mualliflarga javob qaytarish borasidagi ishlar tahlil-tanqidiy tahlil qildi.

  Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan bo‘lim sohaviy xizmatlari boshliqlarining hisoboti  tinglandi.

  Kengaytirilgan yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech