TАHLIL VА TАNQID – NАTIJАDORLIK GАROVI
Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov idoralarining 2020 yil 12 oyi ish yakunlari boʼyicha asosiy koʼrsatkichlar, tergov sifati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov oʼtkazish vaqtida yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Hisobot yigʼilishi davomida Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik Аtanazarov Xurshid Nadjimovich soʼzga chiqib, boshqarma tomonidan yil davomida qilingan ishlar boʼyicha maʼruza qildi. Erishilgan yutuqlar bilan birga, tergov xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy holatlarga ham toʼxtalib oʼtib, kelgusida salbiy holatlarni oldini olish boʼyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, kelgusida har bir xodim oʼz vazifasiga vijdonan yondashishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishni oʼzining burchi deb bilishi, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etishi zururligini taʼkidlab, barcha xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatiga muvaffaqqiyatlar tiladi.
Mazkur yigʼilishda viloyat prokuraturasi IIOda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʼlimi boshligʼi А.T.Niyozov ham soʼzga chiqib, soʼngi vaqtlarda viloyatdagi barcha tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklarga toʼxtalib oʼtib, kelgusida ushbu kamchiliklarni takrorlanmasligi yuzasidan oʼzining tavsiya va fikrlarini bildirib oʼtdi.
Yigʼilishning yakuniy qismida boshqarma boshligʼi tomonidan 2020 yilda yuqori koʼrsatgichlarga erishgan, xizmat burchlariga vijdonan va sidqidildan yondashgan bir guruh tergov idoralari xodimlariga tashakkurnomalar berildi, shuningdek, «Yilning eng namunali tergovchisi» va «Yilning eng namunali surishtiruvchisi» hamda “Yilning eng namunali tergov jamoasi” gʼoliblari eʼlon qilindi.