Tadbirkorlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi
Qashqadaryo viloyat IIB boshligʼi, viloyat 3-sektor raxbari Sh.X.Satvoldievning belgilangan jadval asosida sayyor qabullari yuzasidan Qashqadaryo viloyatidagi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar qabulxonasi maʼsul xodimlari bilan birgalikda 27.10. 2021 yilda Qarshi shahridagi Korxonalarni sogʼlomlashtirish va xususiylashtirish klinikasida Viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik X.N.Аtanazarov tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Unda 10 nafar tadbirkorlar ishtirok etib, ulardan 6 tasining kredit, yer, soliq, tadbirkorlik faoliyati, shuningdek Ichki ishlar organlari bilan bogʼliq boshqa masalalariga oid murojaatlari qabul qilinib, ularni qisqa fursatlarda hal qilish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.
Qashqadaryo viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Murojaatlar bilan ishlash guruhi