TADBIR JADALLIGI OSHIRILMOQDA
Qashqadaryo viloyati IIBda “Dolzarb 50 kun” tezkor profilaktik tadbiri boshlangandan buyon amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma JXX JTSB, HPB, YHXB, Probapsiya xizmatlari, shahar-tuman IIBlardan mas’ullar videoselektor tarzida ishtirok etishdi. Yig‘ilishda o‘tgan “Dolzarb 50 kun” tezkor tadbiri boshlangandan buyon viloyatda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni oldini olish va sodir etilganlarini “issiq izlar”da fosh etish, borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil etildi.Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi.Yig‘ilish so‘ngida tadbir doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.