27 Fevral 2021 yil 539

TАDBIR MOHIYATI HАMJIHАTLIKDА

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan oʼtkazilayotgan barcha profilaktik tadbirlar zamirida tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, har qanday huquqbuzarlik va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va sodir etilganlarini tezda izi sovumay fosh etishdek yagona maqsad mujassam. Jumladan, “Tozalash-Аntiterror” tezkor profilaktik tadbirining mazmun mohiyati ham bundan mustasno emas. Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tunu kun xizmat postida hushyor.
Tadbir mohiyatidan kelib chiqib, ovchilik va oʼq otar qurollariga ega fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʼtkazilmoqda. Jumladan, vohaning Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tuman IIBlari hisobida turgan shaxsiy oʼq otar ov qurol egalari bilan ovchilik jamiyati, tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi va viloyat IIB PPX va JTSB xodimlari uchrashuv va targʼibot tashviqot ishlarini amalga oshirishdi. Unda noqonuniy ov va oʼq otar quollari saqlash jinoyat ekani ishtirokchilarga tushuntirildi. Аmalga oshirilgan targʼibot va tashviqot ishlari natijasida oʼz ixtiyori bilan oʼq otar qurollarini topshirgan fuqarolar qimmatbaxo sovgʼalar bilar taqdirlandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech