SUZISH - SALOMATLIKKA UCHUN KONI FOYDA
Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash
markazi sport saroyida IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo
viloyati kengashi va viloyat IIB MMI va KBTX Jismoniy va jangovar tayyorgarlik
bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy
xizmatlari shaxsiy tarkibi bilan sportning suzish turi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda suvning organizmga foydalari, odam
charchaganda va og‘riq his qilganda, suvsizlanish yuzaga kelishini, suv
organizmni tetiklashishiga hamda uyquning yaxshi bo‘lishiga yordam berishi,
energiya bilan ta’minlashi ta’kidlandi. Qolaversa semizlikdan qiynalgan -
ozishni istagan xodimlarga suzish tavsiya qilinadi.
Sport mashg‘ulotlarida viloyat ichki ishlar boshqarmasi
xodimlari yopiq basseynda suzish
mashqlarini bajarib, jismoniy chiniqib,
mahoratlari oshirishdi.