27 Oktyabr 2022 yil 55071

“Suvchechak” kasalligi va profilaktikasi

 

Suvchechak bir qator virusli infeksiyalarning umumiy nomi. Butun tana bo‘ylab qizil toshmalar va donachalar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik juda kamdan-kam hollarda takroran kuzatilishi mumkin. Odatda insonlar hayoti davomida bu kasallik bilan bir marta kasallanishadi.

Infeksiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan taxminan 7-21 kun oldin organizmga tushadi. Odam teriga toshma toshishi boshlanguniga qadar 48 soatgacha boshqalarga kasallik yuqtiruvchi bo‘lib hisoblanadi.

Bemorda bu alomatlar kuzatilganidan bir yoki ikki kun o‘tgach, toshma rivojlanishi boshlanadi. Odam sog‘ayishdan oldin kasallikning uch bosqichidan o‘tadi. Bularga quyidagilar:

Qizil va pushti donachalar butun tanada rivojlanadi;

Donachalar suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalarga aylanadi;

Pufakchalar qattiqlashib, yuzaki qobiq paydo bo‘ladi.

Tanadagi toshmalar bir vaqtning o‘zida yo‘qolmaydi. Virus faoliyati davomida doimiy ravishda yangi pufakchalar paydo bo‘laveradi. Pufakchalar  qichishni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, chaqa (yara) hosil bo‘lishidan oldin donachalar butunlay yo‘qolishi uchun 7-14 kun vaqt ketadi.

Virus quyidagi yo‘llar bilan tarqaladi:

So‘lak, yo‘tal, aksa urish, pufakchalardagi suyuqlikni ushlashda.

Suvchechak havo-tomchi yo‘li bilan ham tarqaladi. Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’sir ko‘rsatadi. Kasallik shifo topgandan so‘ng organizmda barqaror immunitet hosil bo‘ladi. Suvchechakning yashirin davri 11-21 kun davom etadi.

Suvchechak tashxisi qo‘yilgan bemorlarning ko‘pchiligi virusning faolligida kasallik belgilarini nazorat qilishlari kerak. Ota-onalarga bolalarini maktabga yubormaslik tavsiya etiladi. Shuningdek, virus tarqalishini oldini olish uchun bolani to‘g‘ri parvarish qilish kerak. Virus bilan zararlangan kattalar ham uyda qolishlari tavsiya etiladi.

Suvchechak kasalligini oldini olish uchun: eng avvalo immunitet tizimni mustahkamlash zarur. Immunitetni mustahkamlash maqsadida, birinchi navbatda tonggi badantarbiya mashqlarini bajarish, oqsilga hamda vitaminga boy oziq-ovqat, sabzavot mahsulotlarini iste’mol qilish, xizmat xonalarini va yotoqxonalar havosini tez-tez almashtirib turish, vaqti-vaqti bilan xonalarga isiriq tutatish ham suvchechak virusi tarqalishini oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini sifatli o‘tkazilishini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi

Text to speech