12 Oktyabr 2022 yil
520
Suv nasosi topildi
Koson tumani “Yuqori-Obron” MFYda yashovchi R.J. ariza bilan tuman IIBga murojaat qilib, 2022-yil 23-sentyabr kuniga o‘tar kechasi bir dona bozor bahosi 1.100.000 so‘mlik “AQUOR” nomli suv nasosini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, mazkur o‘g‘irlikni Koson tuman “Gala” MFYda yashovchi E.A. sodir etganligi aniqlanib, undan 1 dona suv nasosi tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Ayni kezlarda Koson TIIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.