17 Dekabr 2020 yil 668

SUGʼURTА PULLАRI QАNI?!

Bahorning seryogʼin kelishi shu yil togʼli va togʼoldi qishloqlarda yashovchi fuqarolarni jiddiy sinovdan oʼtkazdi. Natijada bu toifa qishloqlarda sel kelib, bir qancha fuqarolar xonadonlari va qoʼshimcha binolariga jiddiy ziyon yetkazdi. Jumladan, Chiroqchi tumani “Toshli” MFYda yashovchi B.J.ning ham yashash uyi seldan talofat koʼrdi.
Oʼz navbatida bu holatdan unumli foydalanmoqchi boʼlgan Chiroqchi tumani Yangiobod MFYda yashovchi E.Sh. 2020 yil 13 avgust kuni oʼzini jabrlanuvchi B.J.ga “MV ISURANCE” MChJ sugʼurta kompaniyasi Chiroqchi tumani filiali boshligʼi sifatida tanishtirib, shu yili bahorda sodir boʼlgan tabiiy ofat, yaʼni sel kelishi oqibatida taʼmirtalab holga kelib qolgan uyining binolarini sugʼurtalab berishini vaʼda qilib, 2 mln soʼm pul olgan. Shundan soʼng E.Sh. sugʼurta qilingan binolarga yetkazilgan zararlarni kelgusida fuqarolik ishlari boʼyicha sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilish orqali undirib berishini vaʼda qilib, B.J.dan yana 9 million 600 ming soʼm pullarini qoʼlga kiritgan.
Holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech