“Sud jarayonlarida yuzaga kelayotgan nizoli holatlarni bartaraf etish”
Qashqadaryo viloyati IIBda viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi, sudyalari, FIB Kasbi va Qarshi tumanlararo sudi sudyalari hamda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi, boshqarma sohaviy xizmatlari mas’ul xodimlari va shahar-tuman IIB boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida “Sud jarayonlarida yuzaga kelayotgan nizoli holatlarni bartaraf etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar mashg‘ulotini viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik T.Mamatkulov ochib, xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablari, mehnat shartnomasiga rioya etmaslik ortidan yuzaga kelayotgan bahsli holatlarga javob topish maqsadida mazkur yig‘ilishga sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi, sudyalari taklif etilganini ta’kidladi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi va sudyalari so‘zga chiqib, Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish asoslari va bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar mavzusida ma’ruza qilishdi.
Ochiq muloqot, savol-javoblar asosida kechgan seminar yakunida huquq-tartibot organlari xizmatchilari mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini avvalombor o‘zi anglashi va buni fuqarolar ongiga singdirishi lozimligi ta’kidlandi. Ana shunda mamlakatimizda qonun ustuvorliga va xalqimiz faravonligiga erishish, ortiqcha ovvoragarchiliklarning oldi olinishi qayd etildi.