Sud hujjatlarini ijro etishda qonuniylikni taʼminlash
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida probatsiya boʼlinmalari va jazoni ijro etish muassasalarida 2020 yil mobaynida sud hujjatlarini ijro etishning ahvoli yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasining Sud hujjatlarini ijro etishda qonuniylikni taʼminlash va nazorat boʼlimi masʼul rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan hamda probatsiya boʼlinmalarida hisobda turgan mahkumlarga nisbatan tayinlangan jazolarni ijro etishda qonuniylikni taʼminlash, ijro intizomiga rioya qilish, jazoni oʼtashdan qasddan boʼyin tovlovchilarni jazo turini ogʼirrogʼiga almashtirish, jazoni yengilrogʼi bilan almashtirish hamda muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish masalalari boʼyicha tegishli qonunchilik normalarini toʼgʼri qoʼllash, mahkumlar tomonidan jazo oʼtash davomida qayta jinoyatlar sodir etilishini oldini olishda ular bilan olib borilayotgan profilaktik ishlarning samaradorligini oshirish zarurligi taʼkidlab oʼtildi.