Stress profilaktikasi, ruhiy xolatlarni boshqarish usullari
Oʼzbekiston Respublikasi IIVning Kadrlar Bosh boshqarmasining 2019 yil 17 fevralь kunidagi boshqarma Kadrlar boshqarmasi Psixologik taʼminlash guruhi tomonidan boshqarma va uning tizimlarida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organi xodimlarining ruhiy salomatligini muhofaza qilish, stress, depressiya va suitsid holatlarini oldini olish borasida qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
2020 yil 15 oktyabrь kuni Qashqadaryo “Psixologik markaz” rahbari Gʼolib Аmonov ishtirokida Qarshi shahar IIO FMBda xizmat olib borayotgan xodimlarning shaxs psixologiyasi sohasidagi bilimini va kasbiy-psixoprofilaktik mahoratini oshirib borish hamda sogʼlom maʼnaviy ruhiy muhitni shakllantirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. “Stress profilaktikasi, ruhiy xolatlarni boshqarish usullari” mavzularida oʼtkazilgan psixologik treningda xizmat faoliyati davomida xodimlarda ruhiy zoʼriqish, stress va depressiya holatlariga duch kelayotganligi sababli ular oʼrtasida ijobiy munosabatlar paydo qiluvchi mashqlar oʼtkazildi hamda har bir hodimda yoqimli tasavvurlar hosil boʼldi.
Shuningdek, har bir xodim bilan murojaati boʼyicha suhbatlashib, hayotga real va ijobiy qarashlarini oshirishda, oʼzini anglashda, nizoli holatlar va hayotiy inqirozlarga yechim topishlarida emotsional koʼmaklashib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.