24 Iyun 2023 yil 326

Stol tennisi musobaqasi

Qarshi shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya- sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashi birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda kechgan musobaqada umumjamoa hisobida 1-o‘rinni DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tennischilari qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi jamoasi va 3-o‘rinni IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlariga qarashli 7256-harbiy qism xodimlari band etishdi.

Keskin kurashlarga boy ruhda o‘tgan musobaqaning ayollar o‘rtasida kechgan bahslarida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimasi Munavvar Abdurasulova g‘oliblik shohsupasini band etdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni  IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlariga qarashli 7256-harbiy qism xodimasi Dinara Hakimova va Qashqadaryo viloyati IIB JXX VEIHYoKM boshlig‘i Gulmira Turdiboeva qo‘lga kiritdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlarga tadbir tashkilotchilari tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech